Toshkentda o‘z uyini fohishaxonaga aylantirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda o‘z uyini fohishaxonaga aylantirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.Qahhor ko‘chasida yashovchi M.Z. o‘z uyida fuqarolar SH.M. va N.A.ga 50000 so‘m evaziga jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Ashyoviy dalil sifatida 50000 so‘m pullar olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!