Toshkentda shifokor ayolni kaltaklashdi (FOTO)

Toshkentda shifokor ayolni kaltaklashdi (FOTO)

Shu yilning 24 mart kuni kechki payt soat 23:15 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bo‘limiga poytaxtning Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida tekshiruvga olib kelinadi. 

Bemorning onasi toksikolog xonasida o‘z xizmat faoliyatini o‘tayotgan navbatchi shifokor N.Tashpo‘latovaga o‘g‘li bir necha kundan beri spirtli ichimlik ichayotganligini bildirgan. 

Navbatchi shifokor o‘sha vaqtda boshqa bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotganligini va bundan so‘ng ularni ham qabul qilib, kerakli yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan. 

Shunga qaramay, bemorning onasi tibbiyot xodimlariga nisbatan turli  haqoratli va tuhmat so‘zlar bilan  e’tiroz bildirishni boshlagan. Bu ham yetmagandek bemor U.N. to‘satdan shifokor N.Tashpo‘latovaga og‘ir tan jarohati yetkazgan. 

— Shifokor N.Toshpulatovada bosh miya shishi asorati kuzatilib, “Ko‘shma kraniofasial jarohat. Og‘ir darajadagi bosh miya  yopiq jarohati. Bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi. Subaraxnoidal qon quyulishi. Burun suyaklari va burun to‘sig‘i sinib siljishi. Ensa va burun sohalarni yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi. Nazogemorreya” tashxisi bilan  neyroreanimasiya bo‘limiga yotqizildi, — deydi ushbu markaz direktori Doniyor Alimov. — Ayni paytda u kuchli karaxtlik darajasida bo‘lib, og‘ir ahvolda davolanmoqda. Bemor atrofdagilarga sekin reaksiya berib,  muloqotga kirishishga qiynalmoqda.

Toshkentda shifokor ayolni kaltaklashdi (FOTO)

Xizmat vazifasi vaqtida bemor tomonidan nohaq kaltaklangan shifokor N.Tashpulatova 2017 yildan buyon shifokor-toksikolog lavozimida ishlab kelmoqda, o‘z xizmat vazifasini klinik protokollarga rioya qilib, talab darajasida bajarib kelgan.   

Oxirgi paytlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan  tajovuz qilish, shifokorlarning sog‘lig‘iga og‘ir ziyon yetkazish, tahqirlash holatlari yana uchrab turgani barchamizni tashvishga solmoqda. Pandemiya avj nuqtaga kirgan eng og‘ir davrlarda ham, hozir ham shifokorlarning xalqimiz salomatligi yo‘lida fidoyilik bilan qilgan mehnatlariga barcha guvoh bo‘lib turibdi. Shifokor hech qachon, hech kimga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, aksincha, huzuriga shifo istab kelgan har bir bemorga bor kuch-salohiyati, bilimini ishga solib beg‘araz ko‘mak beradi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlaridan  jamiyatimizda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan bunday illatlarga qarshi kurashning ta’sirchan va samarali usullarini joriy etib, shifokorlarning haq-huquqlarini qat’iy himoya qilishlarini talab qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!