Toshkentda qo‘lda to‘qilgan gilamlar xalqaro festivali o‘tkaziladi

Toshkentda qo‘lda to‘qilgan gilamlar xalqaro festivali o‘tkaziladi

2021 yil 1 yanvarga qadar tog‘oldi yaylovlar uchun qurg‘oqchilikka chidamli ozuqa ekinlarning birlamchi urug‘chiligi tashkil etiladi.

2020 yil 15 iyuldan boshlab «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilish uchun xarajatlarga – har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktyabr oyida Toshkent shahrida sharqona qo‘lda to‘qilgan gilamlar (Hand-made Oriental Carpets) xalqaro festivali o‘tkaziladi.

2020 yil yakuniga qadar Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida turistlar tashrif buyuradigan madaniy meros ob’ektlari hududlarida qo‘lda to‘qilgan gilamlar ko‘rgazma-savdo rastalari (do‘konlari) tashkil qilinadi.

Shuningdek, «gilam tarixi» (“The history of carpet”) QR-kodlar bo‘yicha har bir gilamning to‘qilish jarayoni, chevar xotin-qizlar va ularning ishlash sharoiti hamda shu kabi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan mobil ilovalar ishlab chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!