Huquqiy bilim jamiyatning har bir a’zosida bo‘lsin: Qoraqalpog‘istondagi “Adliya sayli”dan eksklyuziv

A A A
Huquqiy bilim jamiyatning har bir a’zosida bo‘lsin: Qoraqalpog‘istondagi “Adliya sayli”dan eksklyuziv


Bugun davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash eng muhim vazifalardan biridir. Ayni paytda umuminsoniy qadriyatlar va umume’tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ularning asosida qonuniylik, demokratizm, odillik, insonparvarlik kabi eng zarur prinsiplar yotadi. Bular esa jamiyatning har bir a’zosiga yetib borishi, har bir xonadonga kirib borishi kerak. Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonligini oshirish, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari bugun juda muhim.

«Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan» g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish ham ayni paytda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib turibdi.

Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan mamlakatimizning turli hududlarida odamlarga huquqini anglatish mezoniga asoslangan tadbirlar tez-tez tashkil etiladi. Adliya vazirligi ishchi guruhi tashabbusi bilan 18 sentyabr kuni Nukus shahridagi Mono markazda o‘tkazilgan «Adliya sayli» huquqiy aksiyasida ham aholining katta qatlami qamrab olindi.

Hayotning barcha tashvishlarini chetga surib, shunchaki sayr uchun chiqqan fuqarolarni advokatlar, notariuslar, sud tizimi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qarshi oldi. Odamlar yana hayot tashvishlariga qaytgan bo‘lsada, anchadan beri tinchlik bermayotgan o‘ylari, muammolaridan qutilish, ularga yechim topish imkoniyati yuzaga kelgan edi. Barcha sohalar bo‘yicha berilayotgan bepul huquqiy maslahatlar hamma uchun ayni muddao bo‘ldi.

Sayilga fuqarolar, adliyaga biriktirilgan yoshlar, Nukus shahrida joylashgan barcha oliy o‘quv yurtlari, texnikumlar, maktablar, Ichki ishlar akademiyasi, Temurbeklar maktabidan jami 2000 ga yaqin aholi tashrif buyurdi.

Dastlab, tadbir «Salomatlik uchun besh ming qadam» loyihasi bilan boshlanib, loyiha ishtirokchilari manzilga yetib kelganidan so‘ng davlatimiz madhiyasi yangradi.

Shundan so‘ng, sayil davomida sovrinli viktorinalar, sport musobaqalari, madaniyat xodimlarning konsert dasturi, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi, Hunarmandlar uyushmasi ko‘rgazmasi, sayyor qabullar, mehnat yarmarkalari, harbiy chiqishlar namoyish etilib, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi, shuningdek, psixolog maslahatlari ham berildi.

Sayil davomida Mudofaa boshqarmasi orkestrlari va madaniyat xodimlarining konsert dasturi, sportchi yoshlar tomonidan sportning karate, gimnastika va dzyu-do turlari bo‘yicha chiqishlari namoyish etildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi, Hunarmandlar uyushmasi ko‘rgazmasi, X.Sulaymanova nomidagi sud ekpertizasi hududiy bo‘limi va Ichki ishlar vazirligiga tegishli xizmat buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor tartibda 20 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Ayniqsa, fuqarolar O.Aytimbetov va SH.Qidirbayevalarning turmush qurib, 8 oydan beri birga yashab kelayotganligi, ammo nikohi qayd etilmaganligi muammosi bilan qilgan murojaati tez fursatda o‘rganilib, yosh oilaning xursandchiligiga sabab bo‘ldi. Shu yerning o‘zida FHDYo bo‘limi tomonidan ularga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi, M.Mambetaliyev va N.Asanovalarga esa farzandlarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari topshirildi.

E’tiborlisi, sayyor qabulda aholi tomonidan 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 12 tasi shu yerning o‘zida hal qilindi va 28 tasi nazoratga olindi.

Tizimda xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yanada kengroq tushuntirish maqsadida mahallalarda yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda «Ayollarga imtiyozlar» mavzusida suhbatlar tashkil qilib boriladi. Shuningdek, psixologlar, otinoyilar va boshqa ijtimoiy faol xotin-qizlarni jalb qilgan holda mahallalardagi ayollar o‘rtasida farzandlar tarbiyasi, oilaviy totuvlik, huquq va axloq mavzularida uchrashuvlar, profilaktik suhbatlar o‘tkaziladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, adliya tizimida yoshlar bilan ishlash masalasi har doim muhim o‘rinlarda turadi. Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bugun 500 nafarni tashkil qilmoqda. Ular bilan manzilli ishlash maqsadida adliya organlariga biriktirilgan 1 070 MFYda istiqomat qiluvchi 424 494 nafar yoshlarga 2 355 nafar adliya organlari xodimlari biriktirilgan. 339 402 nafar yoshlar bilan uchrashilib, anketalar va «yo‘l xarita»lar shakllantirilgan. Ushbu uchrashuvlar davomida yoshlarning 33 124 ta muammolari aniqlanib, shundan 19 748 nafar yoki 60 foiz yoshlarning muammolari ijobiy hal qilindi.

«Adliya sayli» yana ham qizg‘in tus olishi, aynan yoshlarga yana ko‘tarinki kayfiyat ulashish, intellekt va bilimini oshirish maqsadida sayl davomida tadbirga tashrif buyurgan yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar ham o‘tkazildi.

«Zakovat» intellektual o‘yinida 1-o‘rinni «Temurbeklar» jamoasi, 2-o‘rinni «Adolat» jamoasi, 3-o‘rinni «Veterinariya» jamoasi egalladi va g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar vazirlik tomonidan tayyorlangan diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishga, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga, madaniy dam olishlariga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.