Toshkentda qizchaga akasi sovg‘a qilgan marvarid o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi

Toshkentda qizchaga akasi sovg‘a qilgan marvarid o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi

Toshkent viloyati Mirzo Ulug‘bek tumanida qizchaga akasi sovg‘a qilgan marvarid o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Unga ko‘ra, hududdagi xonadonlarning birida katta miqdorda pul va qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangan. IIO FMB tezkor-tergov guruhi xodimlari voqea joyiga yetib borganda eshik qulfi buzilmaganini ko‘rgan. Aniqlanishicha, gumondor deraza orqali uyga kirgan.

Surishtiruvlar natijasida jinoyatni 6 marta o‘g‘rilik qilib, qamalib chiqqan gumondor yigit so‘roq qilingan. Tergovda u aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan. Uning uyi tintuv qilinganda ashyoviy dalillar topilmagan. Shu payt uning singlisi uyga kirib kelgan. Xodimlar qizchaning bo‘ynidagi marvarid qimmatbaho ekanini sezgach, tergovchi qizcha bilan suhbatlashish uchun tajribali pedagogni taklif etgan.

Qizcha durni akasi tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilganini aytgan. O‘g‘rilik ham aynan shu kunda sodir bo‘lgani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!