Toshkentda orqa oynasi siniq avtobusni yo‘nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi

Toshkentda orqa oynasi siniq avtobusni yo‘nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida texnik nosoz holatda yo‘lga chiqqan avtobus e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” izoh berdi.

Unda aytilishicha, shahardagi “7-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, MAN rusumli 94-sonli avtobus haydovchisi SH.SH. o‘ziga biriktirilgan avtobusni orqa oynasini ehtiyotsizlik oqibatida sindirib olgan.

Oqibatda o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgani va avtobusni nosoz holatda yo‘nalishga chiqargani uchun navbatchi mexanik SH.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Bundan tashqari “7-Avtobus saroyi” bosh muhandisiga xayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan.

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “7-Avtobus saroyi” filiali mutasaddi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda barcha ishchi xodimlarga navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzillariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!