Toshkentda “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi bo‘lib o‘tmoqda

“Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi Markaziy Osiyo uchun muhim voqea bo‘lib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilaydi. Forum innovasion yechimlarni muhokama qilish va qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi, bu esa raqamli texnologiyalar davrida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash va barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.

Ushbu forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Forum davomida raqamli infratuzilmani samarali rivojlantirish hamda uni modernizasiya qilish, mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!