Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini ayovsiz kaltakladi

Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini ayovsiz kaltakladi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisining onasi qattiq kaltaklagani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan birida 65 yoshli M.I. kaltaklangani haqida Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati darakchi.uz'ga ma’lumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIBBning ta’kidlashicha, ayni damda keksa ayolning kaltaklanishiga aynan kim sababchi bo‘lganligi aniqlanmagan. Jabrlanuvchining o‘zi o‘g‘liga emas, keliniga qarshi ko‘rsatma bermoqda.

Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatini og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Tergov davom etmoqda.

Shahar hokimligi matbuot xizmati Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi tergov yakuniga qadar o‘z vazifasidan chetlashtirilganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!