Toshkentdagi metro bekatlarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Toshkentdagi metro bekatlarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Toshkentdagi metro bekatlarida metall detektorlar o‘rnatilishi boshlandi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.

Barchaga ma’lumki, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida metropoliten xodimlaridan qo‘shimcha mas’uliyat va javobgarlikni talab etadi.

Shu boisdan ham, bekatlardagi xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlanmoqda.

Shu o‘rinda yo‘lovchilardan o‘zlari va o‘zgalarining xavfsizligiga befarq bo‘lmasliklarini hamda xavfsiz xizmat ko‘rsatilishida yaqindan yordam berishlarini so‘raymiz",
deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!