Zelenskiy Italiya bosh vaziri Meloni bilan uchrashdi

Zelenskiy Italiya bosh vaziri Meloni bilan uchrashdi

Uchrashuv Italiyadagi “Ambrozetti” forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Volodimir Zelenskiy Jorja Meloni bilan jang maydonidagi vaziyat, Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga hujumlari va mamlakatning mudofaa ehtiyojlari haqida suhbatlashdi.

Zelenskiy va Meloni, shuningdek, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan Kiyevga 50 milliard dollar kredit berish haqidagi G7 qarorining amaliy ijrosini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, Volodimir Zelenskiy Italiyaning 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan Ukrainani tiklash bo‘yicha navbatdagi konferensiyani o‘tkazish qarorini qayd etdi.

“Ambrozetti” forumi doirasida Zelenskiy Niderlandiyaning o‘ta o‘ngchi “Ozodlik” partiyasi rahbari Gert Vilders bilan ham uchrashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!