«Ular menga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishdi» - Krishtianu Ronaldu

«Ular menga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishdi» - Krishtianu Ronaldu

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi kelajagi haqida gapirar ekan, «qizil iblislar» haqida so‘z ochdi.

Ronaldu 2021 yilning yozida «Manchester Yunayted»ga qaytdi va uning birinchi mavsumi muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsada, ikkinchisi unchalik o‘xshamadi, chunki Erik ten Xag bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng hujumchini zaxiraga joylashtirdi. Shunday qilib, Ronaldu intervyuda « qizil iblislar» va Ten Xagni ochiq tanqid qildi va bu holat uning shartnomasi bekor bo‘lishi bilan yakunlandi. Oradan vaqt o‘tib, Portugaliya sardori terma jamoadagi kelajagi haqida gapirar ekan, «Yunayted»ga yana bir nechta zarbalar berdi.

Ronaldu nimalar dedi?

A Bola nashriga bergan intervyusida Ronaldu terma jamoada zaxira o‘yinchisi sifatida davom etishga tayyormi yoki yo‘qligi haqidagi savolga shunday javob berdi: «Mening fikrimcha, men har doim asosiy tarkibda qolaman. Sizlar shunday deb o‘ylaysizlar. Faoliyatimning oxirigacha, Men har doim boshlang‘ich tarkibda bo‘laman deb o‘ylayman.

»Men har doim nafaqat murabbiyning, balki o‘zim o‘ynagan klublarimning qarorlarini hurmat qilaman, ularni hurmat qilganman... bir yoki ikki marta, ular ham menga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishdi (kuladi). Lekin ochig‘i, qachonki professional etika bo‘lsa, men doim murabbiylarning qarorlarini hurmat qilaman.

«Kasbiy etikaga rioya etilmasa, har doim bahs-munozaralar bo‘lishi mumkin, ammo bu alohida masala. Ayni paytda men his qilayotgan narsa va murabbiyning so‘zlari ham buni ko‘rsatib turibdi, men milliy terma jamoa uchun foydali bo‘lishda davom etaman va buni birinchi bo‘lib tan olaman. Agar unday bo‘lmasa, agar men aktiv bo‘lmasam, birinchi bo‘lib ketaman».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!