Toshkentda dori sotadigan soxta SES xodimlari paydo bo‘ldi

Toshkentda dori sotadigan soxta SES xodimlari paydo bo‘ldi

Poytaxtimizning Mirobod tumani "Movarounnahr" mahallasi aholisiga o‘zlarini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman bo‘limi xodimimiz (SES) deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunining 34-moddasida:
Dezinfeksiya tadbirlari yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish, ularning doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish maqsadida olib borilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra:
— Epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha dezinfeksiya tadbirlari-davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan;
— Profilaktik dezinfeksiya tadbirlari-yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida dezinfeksiya stansiyalari tomonidan o‘tkazilishi belgilab berilgan.

Ta’kidlash joizki, o‘zlarini “SES xodimlari” deya tanishtirayotgan firibgarlar kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotmoqda.

Hurmatli fuqarolar, Siz ham shunday soxta “SES xodimlari” ni uchratsangiz, avvalo, zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan fuqarolardan:

— xizmat guvohnomasi;
— qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi;
— zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishingizga asos so‘rashga haqli ekanligingizni unutmang.

Siz talab qilgan ma’lumotlarni berishdan bo‘yin tovlagan firibgarlarga aldanib qolmang.

Shunday vaziyatda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 78 8880101 (050) Ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqami yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo‘limlariga zudlik bilan xabar berishingizni so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!