Toshkentda 8-sinf qizga yaqinlik qilgan o‘qituvchi va uning sheriklari qamaldi

Toshkentda 8-sinf qizga yaqinlik qilgan o‘qituvchi va uning sheriklari qamaldi

11 noyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchilar A. X., B. G. va M. M. ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra A. X. Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi; B. G. va M. M. Jinoyat kodeksining
128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga
2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qonunchilik talablariga muvofiq ushbu hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanganlar va jabrlanuvchining qonuniy vakili esa hukm nusxasini olgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi apellyasiya sudlov hay’atiga shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkinligi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!