Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik tufayli qatnov grafigi buzildi

Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik tufayli qatnov grafigi buzildi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lidagi «Xalqlar do‘stligi» bekatida 5 sentyabr, chorshanba kuni soat taxminan 22:35 larda poyezdda nosozlik yuz berdi va shu sabab liniyada 25 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida harakat to‘xtab qoldi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Sergeli yo‘nalishi tomon harakatni boshlaganidan ko‘p o‘tmay to‘xtagan poyezddan yo‘lovchilar tushirildi, biroz vaqt o‘tib poyezd bekatdan tirkamada tekshiruv yo‘lagi tomon olib ketildi.

toshkent metropoliteni

Qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat ham to‘xtatildi. Sergeli tomondan kelgan poyezddan yo‘lovchilar tushirilmadi, u eshiklari ochiq holda turdi (yuqoridagi rasmda).

«Xalqlar do‘stligi» va boshqa bekatlarda odamlar to‘plana boshladi.

toshkent metropoliteni

Taxminan 23:01 da poyezdlar qatnovi tiklandi.

Metropoliten rahbariyati yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!