Tong tabassumi!.. (19-qism)

Tong tabassumi!.. (19-qism)

Chumoli va fillar futbol o‘ynashdi. Match yarmida fillar chumolilarning yarmidan ko‘pini ezg‘ilab majaqlab tashlashdi. Tanaffus paytida chumolilarning yechinish xonasiga fillar jamoasi sardori kirdi-da, dedi:
— Uzr endi, sizlarni xafa qilib qo‘ydik!
Chumolilar baravariga:
— Hechqisi yo‘q, o‘zimiz ham qo‘pol o‘ynadik!

***

Ota-o‘g‘il istirohat bog‘ida sayr qilishardi.
O‘g‘il:
— Dada, muzqaymoq olaylik!
Ota:
— Men ham hozir jon deb muzqaymoq yerdim-u, lekin pulimiz faqat aroqqa yetadi xolos-da!

***
Ayiqcha otasiga yalinayapti:
— Dada, qo‘g‘irchoq teatri qo‘yib bering!
— Yo‘q, yotib uxla, kech bo‘ldi.
— Iltimos, qo‘g‘irchoq teatri qo‘yib beri-ing!
— Obbo! Bo‘pti, kel-chi!
Ota ikkita sherning bosh chanog‘ini oldi-da, ikki panjasiga ildi.
Birinchi panja:
— Dada, bu yerda ayiqlar bormi?
Ikkinchi panja:
— E, bolam, bu yerlarda yurishga ayiqlarga yo‘l bo‘lsin!?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!