Tojikiston O‘zbekistondan gaz importini uch baravarga oshirmoqchi

Tojikiston O‘zbekistondan gaz importini uch baravarga oshirmoqchi

Tojikiston respublikasi shu yili o‘zbek gazini iport qilishni uch baravarga oshirmoqchi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Hozirda O‘zbekiston va Tojikiston mas’ullari 2020 yilda Tojikistonga gaz yetkazib berish masalasini muhokama qilishmoqda, deya ma’lum qildi «Tadjiktransgaz» rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda.

U o‘zbek gazi importini 200 mln kubmetrga yetkazish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Shoimzoda o‘tgan yili O‘zbekistondan 17,7 mln dollarlik 140 mln kubmetr gaz import qilinganini aytdi.

U hozirda 2018 yilgi ko‘rsatkich bilan solishtirganda Tojikistonga gaz importi 55 mln kubmetrdan (6,9 mln dollarlik) 2,6 baravarga ko‘payganini bildirdi.

Shoimzoda o‘zbek gazi asosan Tojik alyumin kompaniyasiga ishlatilishini ma’lum qildi. Shuningdek, gaz Dushanbe IESida ham ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2018 yil apreldan boshlab 6 yillik tanaffusdan so‘ng Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!