Tibbiyot yo‘nalishida doktorantura kvotalari tasdiqlandi

Tibbiyot yo‘nalishida doktorantura kvotalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2023 yilda tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi muassasalarda doktoranturaga 34 ta, tayanch doktoranturaga 328 ta, stajyor tadqiqotchilikka 16 ta qabul kvotasi ajratilgan.

Shuningdek, maqsadli doktorantura doirasida DSc yo‘nalishiga 3 ta va PhD yo‘nalishiga 12 ta o‘rin tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!