Tibbiy niqoblarda ishlagan xitoylik shifokorlar yuzlarini ko‘rsatishdi (FOTO)

Tibbiy niqoblarda ishlagan xitoylik shifokorlar yuzlarini ko‘rsatishdi (FOTO)

Koronavirus tarqalishi tufayli sutka davomida ishlashga majbur bo‘lgan xitoylik shifokorlarning foto suratlari internetda tarqalmoqda.

Kasallikni yuqtirib olmaslik maqsadida shifokorlar doimiy ravishda maxsus niqoblarda yurishga majbur. Uzoq vaqt niqoblarni taqish oqibatida yuzlarda shishish, chaqa va hatto chandiqlar paydo bo‘lmoqda.

The Daily Mail yozishicha, suratlarda aks etgan ko‘plab shifokorlar – epidemiya uchog‘i bo‘lgan Uxan shifoxona xodimlari.

Suratlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining faol muhokamaga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarga achinib, ularni haqiqiy qahramonlar deb atashmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!