Tezkor tadbir: 838,7 ming metr kub tabiiy gaz talon-toroj qilingan

Tezkor tadbir: 838,7 ming metr kub tabiiy gaz talon-toroj qilingan

Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, ayni kunlarda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Unda aniqlanishicha, Namangan viloyati Pop tumanidagi “I.P.P.T” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan. Buning oqibatida 838,7 ming metr kub tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Hisob-kitoblarga asosan mazkur holat tufayli tizimga 2 milliard 181 million so‘m miqdorida zarar keltirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan, deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!