Tezkor: Sirdaryodagi kuchli shamol «Xovos city»dagi ko‘p qavatli uylarning ham tomlarini uchirib ketdi (foto+video)

Tezkor: Sirdaryodagi kuchli shamol «Xovos city»dagi ko‘p qavatli uylarning ham tomlarini uchirib ketdi (foto+video)

Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati tomonidan xabar berildi.

"2021 yilning 18 mart kuni taxminan soat 13 dan 35 daqiqa o‘tganda Yangiyer shahar "Navro‘zabod" MFY "Xovos siti" markazida joylashgan 5-uyning tom qismining taxminan 40 m.kv  maydoni kuchli shamol ta’sirida yerga tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi  xodimlari yetib borib, hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishganlar.

Sodir bo‘lgan holat oqibatida insonlarning tan jarohati olishi yoki halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!