Tezkor! AQSh koronavirus tarqalishining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi

Tezkor! AQSh koronavirus tarqalishining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi

“AQSh koronavirus tarqalishining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi”, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani chog‘ida.

“Biz egri chiziqning tepasida turibmiz, bunga aminman”, deya ta’kidlagan Tramp.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hududlarda koronavirusning tarqalishi allaqachon kamaygan.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan vise-prezident Mayk Pensning so‘zlariga ko‘ra esa koronavirus bilan bog‘liq vaziyat eng keskin bo‘lgan mintaqalarda barqarorlik alomatlari tobora aniqroq namoyon bo‘lmoqda. Misollar sifatida u Nyu-York va Denver shaharlarini, shuningdek, Luiziana shtatini ta’kidladi.

Hozirgi kunda AQSh COVID-19 holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. 10 aprel holatiga ko‘ra, 462 mingta yuqtirish holatlari qayd etilgan, 16,5 ming kishi vafot etgan va 25,4 ming kishi davolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!