Termizda fuqaro o‘z bog‘idan X asrga oid oltin tanga va sopol buyumlar topib oldi

Termizda fuqaro o‘z bog‘idan X asrga oid oltin tanga va sopol buyumlar topib oldi

Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaro Ulkan Eraliyev bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan oltin dinor parchasini topib oldi. Bu haqda Turizm va ma’daniy meros agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng, u Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qildi.
Joyga yetib borgan mutaxassislar va numizmatlari qazish ishlari olib borib, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid qimmatbaho topilmani dastlabki ekspertizadan o‘tkazishdi.

Qayd etilishicha, oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normo‘minov “Alloh” va “Muhammad” so‘zlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldi.

Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og‘irligi 1,92 grammni tashkil qilgan.
Ma’lum qilinishicha, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”, kumush tangalar “dirham” deb atalar edi.

Qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan Ulkan Eraliyevga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berildi.

"Termiz o‘zining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar o‘rtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar ob’ektiga aylangan.

X asrning 2- yarmida shahar Qoraxoniylar va G‘aznaviylar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar joyiga aylandi. Bu hukmdorlar bir-birlari bilan bo‘lgan urushda allaqachon qattiq holdan toyganidan foydalangan saljuqiy shahzodalar To‘g‘rulbek va Chag‘rilbek Termiz va uning atrofini egallab oladilar.

Bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20 yil to‘ladi. 20 yil davomida bu muzeyda birorta ham tilla tanga bo‘lmagan", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    Shuhrat
    Олтинини узингга ол
    Maqsud
    Барака топсин, виждонли одам экан.
    1982
    Олтинни узига олгани билан сота олмайди. Кулга тушса каттакан жарима. Тугри килибди. Хам тарих сакланибди. Давлат олтинларни хисоблаб у кишига канчадир % пул беради. Мана шундай виждонли кишилар куп бизни юртда