"Temir Mayk" va Roy Jons jangi durang bilan tugadi

"Temir Mayk" va Roy Jons jangi durang bilan tugadi

AQShda boks afsonalari – sobiq mutlaq jahon chempioni 54 yoshli Mayk Tayson va 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons o‘rtasida ko‘rgazmali boks jangi bo‘lib o‘tdi. Uzoq kutilgan jang durang natija bilan yakunlandi.

“Afsonalar jangi” deb nom olgan jang Los-Anjelesdagi Staples Center arenasida bo‘lib o‘tdi. WBC ushbu jang g‘olibi uchun yangi maxsus kamar Frontline Battle Heavyweight tayyorlab qo‘ygandi. 

Bokschilarning yoshi kattaligini hisobga olib, 2 daqiqadan 8 raundlik jang tashkillashtirilgan. Ikkala bokschi ham jang uchun 10 mln dollardan haq olgan.

Bokschilar jangning birinchi raundidanoq bir-biri bilan zarbalar almasha boshlagan, biroq ulardan hech biri ikkinchisiga jiddiy zarba bera olmagan. Ikkinchi raunddan esa bokschilar asosan klinchga kira boshlashgan.

Raundlar o‘tgan sari bokschilarning toliqqani sezila boshlagan. “Temir” Mayk ora-orada tezkor hujumlar uyushtirishga, Jons esa ko‘proq klinchga kirishga harakat qilgan. Ta’kidlab o‘tish joiz, jangchilar yoshlari uchun ancha keskin harakat qilishgan.

Oxir-oqibat ikkala bokschi ham 8 raundlik jangni boshdan-oxirigacha o‘tishdi, hakamlar esa durang natija e’lon qilishdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!