Ta’ziya! O‘zbekistondagi tajribali jurnalistlardan biri vafot etdi (FOTO)

Ta’ziya! O‘zbekistondagi tajribali jurnalistlardan biri vafot etdi (FOTO)

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati OAV sohasida uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan Sashina Olga Pavlovnaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ta’ziya! O‘zbekistondagi tajribali jurnalistlardan biri vafot etdi (FOTO)

Sashina Olga Pavlovna 1956 yilning 18 yanvar sanasida Navoiy viloyati Navoiy tumanida tug‘ilgan. O.Sashina 1978 yilda Samarqand davlat uinversiteti hamda 1993 yilda Rossiya boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

Uzoq yillar Navoiy viloyati hokimlik va turli idoralarida, 2006-2011 yillarda viloyat hokimligi muassisligidagi “Znamya drujbi” gazetasi bosh muharriri, 2011-2013 yillarda “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya drujbi” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi bosh muharriri vazifasida, shuningdek 2013-2019 yillarda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi muzeyi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!