Tataristonda uylanish taqiqlandi

Tataristonda uylanish taqiqlandi

Tatariston hukumati koronavirus tufayli uylanishni taqiqladi. Bu haqda Respublika Vazirlar Mahkamasining 30 mart, dushanba kuni e’lon qilingan majburiy o‘zini o‘zi izolyasiya qilish rejimini joriy etish to‘g‘risidagi qarorida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, 30 martdan boshlab respublikada sanitariya-epidemiologiya holati yaxshilangunga qadar "fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tug‘ilish, vafotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, oilaviy qonunlarga muvofiq alohida holatlar bo‘lgan taqdirda nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatiladi".

Dushanba kuni, Tatariston koronavirus tarqalishi xavfi tufayli mintaqa aholisi uchun majburiy o‘zini o‘zi izolyasiya qilish rejimini joriy etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!