Tarixni o‘zgartirib yuborgan halokat

Tarixni o‘zgartirib yuborgan halokat

Barcha dahshatli ofatlar ham tabiiy emas. Inson omili vulqon otilishidan ham ko‘proq zarar keltirishi mumkin.

Bu voqea 1666 yil sentyabrda Londonda sodir bo‘ldi. 2 sentyabr kuni shahar hududida boshlangan yong‘in oshpaz Tomas Farrinerning ehtiyotsizligi natijasida bir necha kun ichida shaharning uchdan bir qismini vayron qiladi va mo‘’jizani qarangki, Vestminster va qirol saroyiga yetib bormaydi. Ikkinchi kuni yong‘in Londonning moliyaviy markazini qamrab  oladi, deydi “odam.uz”.

Banklarda saqlanayotgan oltin zahiralarining bir qismi erib ketadi, yana bir qismi esa o‘g‘irlanadi. Bu Angliya iqtisodiyotiga katta zarba beradi. London yong‘inidan jabrlanganlar sonini aniqlash qiyinchilik tug‘diradi. Kambag‘allar haqida hech kim o‘ylamaydi, bundan tashqari, o‘liklarning katta qismi uylar bilan birga yong‘in natijasida yo‘q bo‘lib ketadi.

Qayd etilishicha, o‘sha yong‘indan so‘ng Londonning 80 ming aholisidan 70 mingi boshpanasiz qoladi.

Ushbu yong‘inning birgina yaxshi tomoni borki, u ham bo‘lsa kemiruvchilarni yo‘q qilgani va 1665-1666 yillarda shahardagi Katta o‘lat epidemiyasini to‘xtatgani edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!