Taekvondo. Niyaz Pulatov - jahon chempionati kumush medali sohibi!

Taekvondo. Niyaz Pulatov - jahon chempionati kumush medali sohibi!

Meksikada o‘tayotgan tayekvondo bo‘yicha jahon chempionatida tarixiy natija qayd etmoqdamiz. Ortda qolgan navbatdagi kunda ham O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

-63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Niyaz Pulatov Ozarbayjon, Misr, Eron, Xorvatiya va Ispaniya vakillarini mag‘lub etib, finalgacha yetib keldi. Biroq hal qiluvchi jangda xitoylik Liang Yushuaiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun joriy chempionatdagi to‘rtinchi medal. Bu bilan dunyo birinchiliklarida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijamizni yangiladik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!