Tabiiy ofat oqibatida 67 ta jasad va 28 ta tana qismlari topildi-Hindiston

Tabiiy ofat oqibatida 67 ta jasad va 28 ta tana qismlari topildi-Hindiston

 

 

Hindistonning Uttarakxand shtatida muz ko‘chishi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lishdi. Bu haqda «The Hindu» nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, birgina 20 fevral kuni Tapovan gidroelektrostansiyasida besh kishining jasadi chiqdi, ulardan to‘rttasining shaxsi aniqlandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 67 ta jasad va 28 ta tana qismlari topilgan. Jasadlardan 37 tasining shaxsiga aniqlik kiritilgan. 137 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

7 fevralda muz ko‘chishi Rishiganga daryosida suv sathining ko‘tarilishiga olib kelgan va Rishiganga gidroelektrostansiyasini oqizib yuborgan. To‘satdan boshlangan suv toshqini Tapovanda qurilayotgan NTPC kompaniyasining gidroelektrostansiyasiga ham zarar yetkazdi. Toshqin boshlangan paytda texnik tunnelda 30-35 kishi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!