«Surxon» klubining futboldan chetlatilgan o‘yinchilari va rahbarlari yana futbolga qaytdi

«Surxon» klubining futboldan chetlatilgan o‘yinchilari va rahbarlari yana futbolga qaytdi

O‘FA «Surxon» futbol klubi vakillari va uning sobiq futbolchilari o‘rtasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi.

2021 yil 21 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi «Surxon» futbol klubi bosh direktori Azamat Abduraxmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xodjayevlar o‘rtasida klub ofisida vujudga kelgan janjal bo‘yicha vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar ular futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatilgan edi.

Mazkur vaziyat bo‘yicha 2022 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahar jinoyat ishlar bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi tomonidan qaror qabul qilinib, aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan jarima jazosi tayinlangan.

Shuni inobatga olib, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan sud tomonidan huquqiy baho berilib, tegishli ma’muriy jazo choralari ko‘rilganligi sababli yuqorida nomlari tilga olinganlarga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilganligi to‘g‘risidagi qaror 2022 yil 20 yanvar kunidan bekor qilindi va ularning futboldagi faoliyatiga ruxsat berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!