Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasida saraton kasalligi aniqlandi

Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasida saraton kasalligi aniqlandi

Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asadda ko‘krak saratonini aniqlashdi, deb yozadi «Gazeta.ru» prezident ma’muriyati matbuot xizmatiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, Asadning xotinida xavfli o‘sma aniqlangan.

«Asma Asad xonim ko‘krak bezidagi xavfli o‘smani davolashni boshlamoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, kasallik boshlang‘ich davrida aniqlangan. Shuningdek, prezident vakolatxonasi Asma Asadga tezroq sog‘ayib ketishni tilab qolgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!