Surani noto‘g‘ri talaffuz qilish namozga putur yetkazadimi?

Surani noto‘g‘ri talaffuz qilish namozga putur yetkazadimi?

— Namozdagi duolarning bitta so‘zini yoki biror harfini noto‘g‘ri o‘qisa yoki talaffuz qilsa ham ma’nosi o‘zgarib ketadi, deyishadi. Agar shunday xatolar bilan namoz o‘qisak, namoz buzilgan bo‘ladimi? Qabul bo‘lmaydimi? Ko‘nglimizda shunday shubha bo‘lsa, nima qilish kerak? Birovlar sahv sajdasini o‘qish kerak deydi. Shu haqda ma’lumot bersangiz...

— Musulmon shaxs hayotining barcha sohalarida doimiy ravishda barkamollikka erishish harakatida bo‘ladi. Shuningdek, namoz kabi amallarda ham kechasidan buguni yaxshi bo‘lishiga urinadi. Siz aytgan holatlarda ham namozning qiroati, duolari va amallarini to‘liq qilishga intiladi.

Demak, imkon boricha to‘g‘ri o‘qishga harakat qilishi lozim bo‘ladi. Ammo bir harfini qoldirsa, namozi durust bo‘lmaydi, deyilgani qiroat haqidadir, duolar borasida bunchalik emas. Nima bo‘lganda ham, xatolarni to‘g‘rilashga va xatosiz o‘qishga intilish darkor. Ibodatni albatta, meniki qabul bo‘ladi, degan ishonch bilan qilish kerak. Sahv sajdasi shart bo‘lmaydi.

Muhammad Ayyub HOMIDOV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!