Sudgacha Guljahon Yo‘ldoshevani aybdorga chiqargan prokuror Bosh prokuraturaga ishga o‘tdi

Sudgacha Guljahon Yo‘ldoshevani aybdorga chiqargan prokuror Bosh prokuraturaga ishga o‘tdi

Chirchiq shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimov Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Buni «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

U Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning tergovi yakunlanmasdan, OAVlarda aybdor degan fikrni ilgari surgani bilan ko‘pchillikka tanish. 

Mazkur holatga advokat Usmonxon Salohiddinov: «Jinoyat ishi dastlabki bosqichda ekanini tan olgan prokuror ayblov sudda nafaqat tasdiqlanishi, balki dalillar rad etilishi ham mumkinligini bilmaydimi yoki bila turib, qonunga zid tarzda bo‘lsa-da jamoat fikrini shakllantirishni, shu orqali sudga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilganmi?», — deya munosabat bildirgandi.

Yo‘ldoshevaning advokati Xushnud Ahrorov, «Dastlabki tergov organi jinoyat ishi boshidan to yakuniga qadar himoyam ostidagi Guljahon Yo‘lldoshevani nima bo‘lsada, ayblashga qaratilganiga guvoh bo‘lmoqdamiz», — deya aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!