«Sportga nisbatan haqorat». Italiya klubi chempionatdan chetlatildi

«Sportga nisbatan haqorat». Italiya klubi chempionatdan chetlatildi

Pro Pyachensa klubi 0:20 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng Italiya chempionatining uchinchi ligasi ( S seriya)dan haydab yuborildi.

Klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli uch safardan beri o‘yin o‘tkazolmay texnik mag‘lubiyatga uchrab kelayotgandi. To‘rtinchisi diskvalifikasiya degani. Shuning uchun ham jamoa bir amallab Kuneo ga qarshi maydonga tushishga qaror qildi: tarkibdagi yetti nafar (!) o‘yinchi bilan...

Shundan ham olti nafari professonallar (20 yoshgacha) edi. Qolgan o‘yinchilar: jamoa massajchisi, jamoa administratori...

Zaxirasida pichoqqa ilinadigan o‘yinchilari bo‘lmagan jamoalarga nisbatan zaxira o‘rindig‘i tor iborasini ishlatamiz. Zaxira o‘rindig‘i tugul asosiy tarkibi ham tugal bo‘lmagan Pro Pyachensa shu kuni Kuneo tomonidan 20 ta gol bilan jazolandi.

Italiya futbol federasiyasi keyinchalik bu mag‘lubiyatni texnik mag‘lubiyatga aylantirib, jamoani S seriyadan chiqarib yubordi bu ikkinchi jazo.

Uchinchi jazo esa 20 ming yevrolik jarima.

Futbol federasiyasi prezidenti Gabriele Gravina ushbu o‘yinni sportga nisbatan haqorat deb atadi.

S seriya 20 ta professional jamoadan tashkil topgan. O‘tgan haftada ushbu ligani yana bir jamoa moliyaviy muammolardan qiynalayotgan Matera tark etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!