Solsberida Skripallar ishi tufayli Britaniya qurolli kuchlari kuni o‘tkaziladi

Solsberida Skripallar ishi tufayli Britaniya qurolli kuchlari kuni o‘tkaziladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma’lum qilishicha, 2019 yil Solsberida mamlakat qurolli kuchlari kuni bo‘lib o‘tadi. Bu GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bilan bog‘liq hodisa oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan harbiylarga minnatdorlik belgisi sifatida yuz beradi.

«Asab-falajlovchi moddadan foydalangan holda yuz bergan hujum oqibatlarini bartaraf etishda harbiylarning ishtiroki muhim bo‘ldi. Harbiy ekspertlar hujumdan keyingi kunlarda zararlangan transport vositalarini xavfsiz evakuasiya qilishda yordam ko‘rsatishdi, Porton-Daundagi Mudofaa vazirligi laboratoriyasi ekspertlari esa asab-falajlovchi moddaga testlar o‘tkazishdi. Hozirda quruqlikdagi va harbiy-havo kuchlarining qariyb 200 nafar harbiy mutaxassisi shaharni tiklashda yordam ko‘rsatmoqda», - deyiladi Meyning nutqida.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Solsberida bunday kunning nishonlanishi shaharga e’tibor tortadi va uning biznes hamda turizm uchun ochiqligini ko‘rsatadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!