Sobiq prezidentning o‘g‘li mamlakatni tark etdi

Sobiq prezidentning o‘g‘li mamlakatni tark etdi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning kenja o‘g‘li Qodir Atambayev mamlakatni tark etdi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

Siyosatchi Kunduz Joldubayeva ham Atambayevning o‘g‘li mamlakatni tark etganini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, Qodir aspiranturaga kirish uchun ketmoqda. Uning qaysi shaharga ketayotgani aytilmagan.

Qodir otasi hibsga olingandan so‘ng hukumatni qattiq tanqid qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!