Sobiq prezidentning opasi qariyalar uyida koronavirusdan vafot etdi

Sobiq prezidentning opasi qariyalar uyida koronavirusdan vafot etdi

AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bushning opasi Nensi Ellis Bush koronavirus bilan kasallanganidan so‘ng vafot etdi.

Bu haqda uning o‘g‘li ma’lum qildi, deb xabar berdi “The New York Times”.

Nensining o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, onasi 10 yanvar, yakshanba kuni Massachusetsdagi qariyalar uyida vafot etgan.

Xabar qilinishicha, 30 dekabr kuni yuqori isitma bilan kasalxonaga yotqizilgan Nensining ahvoli so‘nggi kunlarda sezilarli darajada yomonlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!