Sobiq hokim 20 yilni qamoqda o‘tkazadigan ko‘rinadi

Sobiq hokim 20 yilni qamoqda o‘tkazadigan ko‘rinadi

Bishkek shahrining sobiq hokimi Kubanichbek Kulmatov ustida olib borilayotgan tergov nihoyasiga yetdi. Bu haqda Kulmatovning advokati Sergey Slevarev 24.kg axborot agentligiga xabar berdi. Bu haqda xabar.uz yozmoqda.

Advokatning aytishicha, materiallar bilan tanishuv jarayoni boshlangan. Yuristning ta’kidlashicha, tergov davomida qator qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq hokim yakuniy ayblov xulosasiga ko‘ra 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Kubanichbek Kulmatov shahar hokimi bo‘lgan 2014 yilda ikkita maktab qurilishiga ajratilgan 2 million dollarlik grantni noqonuniy ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.

Sergey Slesarevning qo‘shimcha qilishicha, Bishkekning yana bir sobiq Albek Ibraimovning ishi ham sudga oshirilgan. Sud qachon bo‘lishi noma’lum.

Albek Ibraimov TNK Dastan OAJ mulkini o‘zlashtirish va talon-toroj qilishda ayblanib qo‘lga olingandi. Bundan tashqari, u hokimlikning boshqa mansabdor shaxslari uyushgan holda poytaxtning janubida joylashgan davlatga qarashli yerlarni noqonuniy o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!