Slovakiya josuslikda gumon qilingan rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Slovakiya josuslikda gumon qilingan rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Slovakiya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi. U josuslik faoliyatida gumon qilindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Peter Pellegrini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Pellegrinining so‘zlariga qaraganda, diplomat 22 noyabr kuni persona non grata deb e’lon qilingan, shundan so‘ng u 48 soat ichida mamlakatni tark etgan.

Rossiyaning Slovakiyadagi elchixonasi yuz bergan hodisa yuzasidan izoh bermasligini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!