Sirdaryoda ikki bosqinchi qo‘lga olindi

Sirdaryoda ikki bosqinchi qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joriy yilning 8 dekabr kuni Do‘stlik MFYda yashovchi fuqaro D.G‘. IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 7 dekabr kuni 2 noma’lum shaxs Sayqal mahallasi hududida uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, “Samsung” mobil telefonini olib ketganliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sayqal mahallasida yashovchi A.Q. va Bo‘ston mahallasida yashovchi J.T.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!