Sirdaryoda erkak shar’iy xotinini urib o‘ldirdi

Sirdaryoda erkak shar’iy xotinini urib o‘ldirdi

Sirdaryo. 2020 yilning 15 sentyabr kuni tungi soat 02:30 da Guliston shahrida 39 yoshli S.X., o‘zi bilan birgalikda shar’iy nikoh asosida yashovchi 50 yoshli Z.SH. (ayol), bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtasida o‘zaro kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida, S.X., turmush o‘rtog‘i Z.SH., ni badanining turli joylariga qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada, Z.SH., olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi  3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishlilik bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha S.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!