Sichuan delegasiyasi Surxondaryoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar olib bordi

Sichuan delegasiyasi Surxondaryoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar olib bordi

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniya rahbarlaridan iborat Sichuan provinsiyasi delegasiyasi a’zolarining Surxondaryoga amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

5 kunlik tashrif davomida xitoylik ishbilarmonlar viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, chorvachilik, parrandachilik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi, ikki tomonning savdo-iqtisodiy va investision hamkorlik imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Tashrif yakuni bo‘yicha o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan 5 ta memorandum imzolandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!