Shohjahon Ergashev ertaga 49 marotaba jang qilgan bokschiga qarshi ringga chiqadi

Shohjahon Ergashev ertaga 49 marotaba jang qilgan bokschiga qarshi ringga chiqadi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev ertaga, 14 dekabr kuni  Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.
 
Mazkur bahsda Ergashevga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo, bir necha kun oldin Shohjahonning raqibi o‘zgardi.
 
Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).
 
Jang ertaga, 14 dekabr kuni Krasnodardagi “Olimp” sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Shohjahon hozirda o‘z vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turibdi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!