Shifokorlarimizning 300 nafardan ortig‘i virus yuqtirgan

Shifokorlarimizning 300 nafardan ortig‘i virus yuqtirgan

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirlik huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyevning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda yurtimizda kasallikka qarshi kurashayotgan 300 dan ortiq tibbiyot xodimi virus yoqtirib olgan.

«15 martdan hisoblaydigan bo‘lsak, tibbiyot xodimlari orasida 300dan ortiq virusga chalinish holatlari aniqlandi.

Eng ko‘p aniqlangan holat – infeksiya birinchi kirib kelgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Sababi birinchidan, tibbiyot xodimlari ham, aholi ham bu infeksiyaga tayyor emas edik. Nimaga tayyor emas edik?

Niqoblarimiz ham, kombinezonlarimiz ham bor edi. Lekin ularni to‘g‘ri ishlatib, to‘g‘ri foydalanib faoliyat ko‘rsatmasligimiz natijasida mana shunday holatlar yuzaga kelgan.

Bugungi kunga kelib 300 dan ortiq shunday holat bor»


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!