Shifokor reseptisiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati yangilandi

Shifokor reseptisiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirining 2018 yil 12 noyabrda 3087-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i bilan shifokor reseptisiz beriladigan dori vositalari bo‘yicha hujjatning yangi versiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatga kiritilmagan dori vositalari dorixonaga faqat maxsus blankadagi shifokor resepti taqdim etilganda realizasiya qilinadi («Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning 20-moddasi, Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandi). Mazkur qoidaning muntazam ravishda (bir yil davomida 2 va undan ortiq marta) buzilishi dorixona lisenziyasining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish uchun asos bo‘ladi (Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilishni lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 49-bandi).

Qabul qilingan ro‘yxat monopreparatlarning 188 ta pozisiyasini (ilgarigisida — 191 ta pozisiya), shuningdek majmuaviy preparatlarning 1085 ta pozisiyasini (ilgarigisida — 1063 ta) o‘z ichiga olgan.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!