«SHHTning 8 mo‘’jizasi» Toshkentda namoyish etilmoqda

«SHHTning 8 mo‘’jizasi» Toshkentda namoyish etilmoqda

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan SHHTga a’zo davlatlar turizm hamda madaniyat vazirlari uchrashuvlari doirasida «SHHTning 8 mo‘’jizasi» ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmadan SHHT mamlakatlari tabiati, urf-odatlari, an’anaviy liboslari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlariga bag‘ishlangan fotomateriallar va qo‘llanmalar o‘rin olgan.

Ta’kidlash joizki, Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bu ko‘p millatli va sivilizasiyalararo muloqotning ajoyib uyg‘unligidir. Ularning har biri bir-biridan ajoyib madaniy va me’moriy yodgorliklar hamda betakror tabiatga ega. Shunisi diqqatga sazovorki, “SHHTning 8 mo‘’jizasi” ro‘yxatidan Buxoro ko‘rki bo‘lgan, Poi Kalon me’moriy ansambli ham o‘rin olgan.

Poi Kalon me’moriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni o‘z ichiga oladi. Kompleks XII-XIV asrlarda 3 binodan iborat: Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!