Sherlarning oldiga ichib bormang, yo‘qsa...

Sherlarning oldiga ichib bormang, yo‘qsa...

Qrimning “Taygan” safari-bog‘ida sher ayolga tashlandi va uning qo‘lini tishlab oldi deya, xabar berdi “zelv.ru” Ayni paytda 46 yoshli ayolning jarohatlanish holati bo‘yicha dastlabki tergov ishlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, sayyoh ayol “Sherlar bilan birga sayohat qilishni” xohlagan. Natijada, yirtqich hayvon uni suratga olayotganda qo‘lidan tishlagan. Ayol shu zahoti kasalxonaga yotqizilgan.

Hayvonot bog‘i direktori Oleg Zubkovning so‘zlariga ko‘ra, sher ayoldan spirtli ichimlikning isi kelayotganligi sababli unga tashlangan.

Direktorning ta’kidlashicha, ayolning sog‘lig‘iga hech nima tahdid solmayapti. Sayyoh ayolning jarohatlanganligiga qaramasdan “Taygan” safari-bog‘ida sherlar bilan suratga tushish bilan birga ekskursiyalar ham davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!