Shaxmat. O‘zbekiston Ukrainani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Shaxmat. O‘zbekiston Ukrainani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Ayni kunlarda Isroil davlatida shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi guruhda 1-o‘rinni egallagach, bugun chorak final bosqichida Ukrainaga qarshi bahslarda ishtirok etdi. Dastlabki to‘qnashuvda yigitlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Sindarov va Jahongir Vohidov g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov durang o‘ynashdi.

Ikkinchi to‘qnashuvda shaxmatchilar o‘z donalarini o‘zgartirishdi hamda jamoamiz 2,5 : 1,5 hisobida yana raqibdan ustun kelishdi. Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Sindarov bu safar yutqazdi. Nodirbek Yoqubboyev esa durang o‘ynadi.

Shu tariqa, terma jamoamiz musobaqa yarim finaliga chiqdi. Bu bosqichda vakillarimizga Fransiya-Hindiston to‘qnashuvida g‘olib chiqqan jamoa raqiblik qiladi. Ushbu jamoalar chorak finalidagi 2ta to‘qnashuvi tomonlar bir martadan 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ayni paytda ular o‘rtasida uchinchi partiya o‘ynalmoqda.

Xitoy va Ispaniya terma jamoalari esa ikkinchi yarim final juftligini hosil qilishdi.

Shaxmat. O‘zbekiston Ukrainani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!