Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish jadvali ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish jadvali ma’lum qilindi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining ish rejasi bilan tanishtirdi.

15-16 iyul kunlari Afg‘oniston prezidenti Ashraf Gani rasmiy, Pokiston bosh vaziri Imron Xon esa Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Ushbu konferensiyada Afg‘oniston va Pokiston prezidentlari, shuningdek, YEIning tashqi ishlar va xavfsizlik sisati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vise-prezidenti Jozep Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni 600 dan ortiq. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llaydi.

Yalpi va sho‘’ba majlislarida mintaqaviy bog‘liqlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shu jumladan savdo va transport sohalaridagi hamkorlikning barqaror o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni, madaniy-gumanitar aloqalarni qayta tiklash orqali do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tahdid va xatarlar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbari Afg‘oniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, YEI tashqi siyosiy idorasi rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, shu hafta qator hududlarda nasos stansiyalarini modernizasiya qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!