Shavkat Mirziyoyev va Erdog‘an Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi

Shavkat Mirziyoyev va Erdog‘an Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi

Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida Prezidentlar qutlug‘ Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini va qardosh xalqlarimizni qizg‘in muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qilishdi.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik ruhidagi aloqalar barcha sohalarda, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarida jadal rivojlanib borayotganini alohida e’tirof etdilar.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida Oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashi ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda tomonlar yaqin istiqbolda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi guruhlar uchrashuvi hamda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!