Shahzoda Charlz Misrda Azhar talabalari bilan uchrashdi

Shahzoda Charlz Misrda Azhar talabalari bilan uchrashdi

Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz Misrga tashrif buyurish chog‘ida, Al-Azhar Islom universiteti masjidiga tashrif buyurdi va talabalar bilan jahon dinlari mavzusida suhbatlashdi.

Qirollik oilasi a’zosi va uning rafiqasi Kamilla masjidda islom diniga hurmat yuzasidan ro‘mol o‘rab suratga tushdi.

Charlz Al-Azhar bosh imomi Shayx Ahmad Toyyib bilan uchrashdi. Shahzodaning aytishicha, Shayx Toyyib va masjidning yana olti ulamosi bilan «chuqur, qiziqarli suhbat» qilgan.

Buyuk Britaniya shahzodasi islom universiteti talabalari bilan suhbatlashar ekan, «bizning farqlarimizdan ko‘ra umumiy jihatlarimiz ko‘proq» deya ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!